Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda poytaxtda faoliyat yurituvchi nufuzli aksiyadorlik tijorat banklaridan birining katta eksperti xizmat ko‘rsatish sohasiga ixtisoslashgan MChJ rahbaridan 10 ming AQSh dollarini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur mutaxassis o‘zining tanishlari orqali Samarqand viloyatida joylashgan banklardan biridan ushbu MChJga 1 milliard 250 million so‘m miqdorida kredit olib berishni va’da qilgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






