Qozog‘istonning Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.
O‘zbekistonning Olmaotadagi bosh konsulligi diplomatlari Og‘ir ahvoldagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi davlat muassasasi va Olmaota shahri Ta’lim boshqarmasi vakillari bilan birgalikda 6−17 yosh oralig‘idagi bolalarni o‘z vataniga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlarni to‘ldirgan.
“Ular yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirilgan”, — deyiladi xabarda.