Rossiya Davlat Dumasi Rossiya bilan Eron o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. Bu hujjatda ikki davlat mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytirish va razvedka ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish va’da qilinmoqda.
“Ushbu shartnoma ochiq siyosiy signal. Bu hujjat shuni ko‘rsatadiki, Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Suriya muxoliflari mag‘lubiyatga uchragan Eronning Rossiyaga taslim bo‘lishni istamayapti va Yaqin Sharqdagi o‘z o‘yinlarini davom ettirmoqchi”, – deydi “DW” sharhlovchisi Konstantin Eggert.
Shuningdek, Eggert Moskva va Tehronning umumiy manfaatlari ko‘pligini, Putin Eron bilan hamkorlikni o‘z manfaatlariga mos deb hisoblashiga to‘xtalgan.
“Nazariy jihatdan, bu shartnoma bir necha jihatdan ‘sovdaga’ sabab bo‘lishi mumkin edi — masalan, AQSh okkupatsiya qilingan Ukraina hududlarini Rossiya deb tan olishga rozi bo‘lsa”, – deya taxmin qiladi siyosiy sharhlovchi.
Biroq, Eggert Kreml uchun asosiy xavf – Eron rejimining o‘zgarishi ekanligini ochiqcha tushuntirgan.
“Agar Eron va AQSh o‘rtasidagi Ummon muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Donald Tramp hamda Binyamin Netanyaxu Eronning harbiy va yadroviy obyektlariga zarba berishga qaror qilsa, Tehrondagi rejim buni ko‘tara olmasligi mumkin”, – deydi siyosatshunos.
Shuningdek, siyosatchi agar Eron hokimiyatiga muxolifat keladigan bo‘lsa, u holda Moskva bilan barcha hamkorlik dasturlari muzlatilishini aytgan.
“AQShning Eronga nisbatan “maksimal bosim” strategiyasi amalga oshirilsa, Rossiya–Eron hamkorlik shartnomasining umri uzoq bo‘lmasligi ehtimoldan xoli emas”, — deydi u.