AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya Ukrainaga 450 million funtlik harbiy yordam ajratmoqchi

Yordam paketi tarkibida yuz minglab dronlar (uchuvchi qurilmalar), tanklarga qarshi minalar, harbiy texnika va mashinalarni ta’mirlash uchun mablag‘ bor.

'Buyuk Britaniya Ukrainaga 450 million funtlik harbiy yordam ajratmoqchi'ning rasmi

Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga 450 million funtlik harbiy yordam ajratishini e’lon qildi. Bu haqda “BBC news” ma’lum qildi.

"Biz Rossiyaga bosimni kuchaytirishimiz va uni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga majbur qilishimiz kerak. Shuningdek, Ukraina mudofaasini kuchaytirishda davom etishimiz shart", — deydi Britaniya Mudofaa vaziri

Yangi yordam paketi tarkibida yuz minglab dronlar (uchuvchi qurilmalar), tanklarga qarshi minalar, harbiy texnika va mashinalarni ta’mirlash uchun mablag‘ bor. Shuningdek, yordamning asosiy qismini Buyuk Britaniya ajratadi. Qo‘shimcha mablag‘lar Norvegiyadan, Buyuk Britaniya yetakchiligidagi xalqaro fond orqali ajratiladi.

"Bu ishlar Ukraina urushda g‘alaba qozonishi uchun juda muhim. 2025 yil Ukraina uchun eng muhim yil bo‘ladi. Biz mudofaa vazirlari sifatida Ukraina askarlariga kerakli narsalarni yetkazib berishimiz kerak", — deydi Jon Hili.

    Boshqa yangiliklar