AsosiyJamiyat

Internetda tuhmat va haqorat: buning oldini olish uchun nima qilish kerak?

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet platformalarida tuhmat va haqorat qilish holatlari ortib bormoqda.

'Internetda tuhmat va haqorat: buning oldini olish uchun nima qilish kerak?'ning rasmi

O‘zbekistonda internetda tuhmat va haqorat qilishning oldini olishga qaratilgan muammolar so‘nggi yillarda murakkablashib bormoqda. Albatta, mamlakatimizga yaqin hududda joylashgan Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarda ham tuhmat va haqoratdan insonlarni tiyib turish uchun jinoyat darajasida huquqiy me’yorlar qabul qilingan. Biroq internetning tez sur’atda rivojlanishi va ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot almashinuvi ko‘paygani sari bundagi salbiy tajribalar ham oshmoqda.

O‘zi ba’zida tuhmat va haqorat qilishni bir-biridan ajrata olmaslik ham kuzatiladi. Huqushunoslikdan ko‘p ham xabari bo‘lmaganlar qaysi gap haqorat yoki tuhmatligini farqlab olishda biroz qiynalishadi.

Ta’kidlash joizki, haqorat qilish shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlashdir. Bunda shaxs keskin tarzda kamsitiladi, unga salbiy baho beriladi. Haqorat qilishda so‘kinish, qo‘pol so‘zlar ishlatish orqali, shaxsning sha’ni va qadr-qimmati yerga urilishi kuzatiladi. So‘zni haqorat deb hisoblashda u gapning haqiqat yoki yolg‘onligi muhim emas, balki uning beodoik, axloq normalariga zid ravishda ifoda etilishi muhim. Masalan, biror inson boshqainsonni so‘kinib, beodoblarcha uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga “komment” yozsa, aytilayotgangap haqiqatga mos bo‘lsa ham haqorat hisoblanadi.

Tuhmat masalasida nima diyish mumkin? Bila turib aybsiz insonni sharmanda qilishga qaratilganuydirma tarqatish tuhmat hisoblanadi. Ushbu masalada aybdor tarqatayotgan axborot boshqa shaxsni sharmanda qiladigan bo‘lishi va bu xabarning haqiqatdan yiroqligini tuhmatchi o‘zi bilishikerak. Ya’ni qasddan, o‘zi atayin birovni sharmanda qilish uchun uydirma tarqatish kerak.

Ushbu ikkita noqonuniy harakatlarning oldini olish uchun yurtimizda qator qonuniy me’yorlar va choralar ko‘zda tutilgan, lekin bu jarayonda quyidagi bir qator ko‘z yumib bo‘lmaydigan muammolar ham uchramoqda.

Jumladan, tuhmat va haqorat qilishga qarshi qonunlarda zarur normalar mavjud bo‘lsa-da, surishtiruv jarayonlari cho‘zilishi sababli har doim ham tezkorlik bilan sudning hal qiluv qarorlarini qabul qilishga erishib bo‘lmaydi. Ayniqsa, internetda axborot almashinuvi tez sodir bo‘ladi va tuhmat yoki haqoratga uchragan shaxs sud tartibida o‘zini himoya qilgunga qadar jamoatchilikda ishonuvchanlik sababli noto‘g‘ri fikrlar paydo bo‘lishi mumkin. 

Bu yerda ijtimoiy tarmoqlar va internet platformalarining roli alohida. Ijtimoiy tarmoqlar (masalan, Facebook, Instagram, Twitter) va internet platformalarining (Youtube, Telegram)ko‘pchiligi O‘zbekistonda ommalashgan. Ammo bu platformalarda axborot tarqatishning natijasida tuhmat va haqoratning oldini olish juda murakkab. Ularda xabar joylashtirish va internetdagi nohaqliklarni to‘g‘ri qayta ishlash tizimi ko‘p hollarda samara bermayapti.

Demak, tuhmat va haqorat qilishning oldini olish uchun bir qator ishlarni yo‘lga qo‘yish lozim. Huquqiy mexanizmlarning takomillashtirilishi, ijtimoiy tarmoqlar adminlari va bu yo‘nalishdagi davlat organlarining hamkorligi, shuningdek, axborot texnologiyalarining rivojlanishi barobarida, fuqarolarning daxlsizlik huquqlarining himoyasi bu kabi muammoni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Namanganda 10 sinf o‘quvchisi bir bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 21:46

    'Namanganda 16 yoshli qiz mashinada YTHga uchrab, ona va singlisining o‘limiga sabab bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 20:50

    Namanganda 16 yoshli qiz mashinada YTHga uchrab, ona va singlisining o‘limiga sabab bo‘ldi

    Voyaga yetmagan qiz avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, Andijon kanaliga tushib ketgan.

    'Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 19:52

    Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berildi

    Prezident Andijon o‘tayotgan xalq saylida qatnashdi.

    'Samarqanddagi xonadondan salkam 1 metrli ilon chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 19:26

    Samarqanddagi xonadondan salkam 1 metrli ilon chiqdi

    Ilon ushlanib, tabiatga qo‘yib yuborilgan.

    'Jizzaxda AES qurila boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 19:01

    Jizzaxda AES qurila boshlandi

    Qurilish-montaj bazasida jihozlar, omborlar va ish joylari joylashadi.

    '“Uzbekistan Airways” Umra vizasi bilan parvozlarni to‘xtatdi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 09:21

    “Uzbekistan Airways” Umra vizasi bilan parvozlarni to‘xtatdi

    Bu Haj-2025 dasturining boshlanishi bilan bog‘liq.