AsosiyJamiyat

Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berildi

Prezident Andijon o‘tayotgan xalq saylida qatnashdi.

'Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida o‘tayotgan xalq saylida so‘zga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan millatimiz, xalqimizni butun dunyoga tarannum etgan buyuk ajdodimiz – Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.

"Ishonchim komil, bu tashabbus har tomonlama xalqimizning ko‘nglidagi ish bo‘ladi. Nega deganda, hazrati Bobur – jahon tarixida kamdan-kam uchraydigan shunday benazir, ulug‘ zotki, uning sharafiga nafaqat ko‘cha va maydonlar, bog‘u rog‘lar, balki alohida shahar bunyod etsak, albatta arziydi.  

Nega deganda, Bobur Mirzo – Temuriylar Renessansining munosib davomchisi, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot, iste’dod homiysi bo‘lgan buyuk shaxsdir. 

Uning yoshlik paytlaridan yurtda tinchlik va adolat o‘rnatish uchun olib borgan kurashlari, bu yo‘lda ko‘rsatgan mardlik va jasorati fidoyilik va vatanparvarlik maktabidir. 

Hech shubhasiz, qomusiy bilim va tafakkur egasi bo‘lgan bu mumtoz ajdodimizning birgina “Boburnoma” asari uchun ham uning sharafiga mana shunday go‘zal shaharchani bunyod etsak arziydi", - dedi Prezident.

Ushbu tashabbus yurtdoshlarimiz tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Namanganda 10 sinf o‘quvchisi bir bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 21:46

    'Namanganda 16 yoshli qiz mashinada YTHga uchrab, ona va singlisining o‘limiga sabab bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 20:50

    Namanganda 16 yoshli qiz mashinada YTHga uchrab, ona va singlisining o‘limiga sabab bo‘ldi

    Voyaga yetmagan qiz avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, Andijon kanaliga tushib ketgan.

    'Samarqanddagi xonadondan salkam 1 metrli ilon chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 19:26

    Samarqanddagi xonadondan salkam 1 metrli ilon chiqdi

    Ilon ushlanib, tabiatga qo‘yib yuborilgan.

    'Jizzaxda AES qurila boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 19:01

    Jizzaxda AES qurila boshlandi

    Qurilish-montaj bazasida jihozlar, omborlar va ish joylari joylashadi.

    'Internetda tuhmat va haqorat: buning oldini olish uchun nima qilish kerak?'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 16:44

    Internetda tuhmat va haqorat: buning oldini olish uchun nima qilish kerak?

    So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet platformalarida tuhmat va haqorat qilish holatlari ortib bormoqda.

    '“Uzbekistan Airways” Umra vizasi bilan parvozlarni to‘xtatdi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2025 09:21

    “Uzbekistan Airways” Umra vizasi bilan parvozlarni to‘xtatdi

    Bu Haj-2025 dasturining boshlanishi bilan bog‘liq.