AsosiySalomatlik

Allergik kasalliklar innovatsion usullar yordamida aniqlanmoqda

Atrof-muhitning ifloslanishi, kimyoviy qo‘shimchalar va konservantlar bilan boyitilgan oziq-ovqatlar iste’moli ortishi, dori vositalarini haddan tashqari ko‘p qabul qilish, kamharakatlilik, stress...

'Allergik kasalliklar innovatsion usullar yordamida aniqlanmoqda'ning rasmi

Bular — ko‘plab patologiyalar qatori allergik kasalliklarni ham keltirib chiqaruvchi asosiy omillar. Shu bois dunyo bo‘yicha ushbu turdagi xastaliklarni aniqlash, davolash va ularning oldini olish dolzarb masalaga aylanmoqda, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.

 Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurtimizda mazkur yo‘nalishda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi bosh muassasa hisoblanadi. 

200 ga yaqin tekshiruv usullarini qo‘llayapmiz, — deydi markaz direktori Ilmira Razikova. — Masalan, birgina “ALEX” tashxis usuli bemor qonidagi salkam 300 ta allergenga sezuvchanlikni molekular oqsil darajasida aniqlash imkonini beradi. 

 “PROTIA Allerqy-Q 96” texnologiyasi orqali esa 90 turdagi maxsus allergenlarni bir vaqtning o‘zida tekshirish mumkin. Qolaversa, eng ilg‘or diagnostika usuli bo‘lgan “Phadia 200” yordamida 100 ga yaqin mahsulotlarga nisbatan oqsil darajasida allergik holatlarni aniqlay olamiz. 

Umuman, shu yil boshidan buyon markazimizda 5 ta yangi tashxis va 5 ta davolash usuli joriy etildi. Jumladan, yashirin bronxlar giperreaktivligini aniqlashda bronxoprovakatsion diagnostika turidan foydalana boshladik. Immunoglobulin Ye ni IXLA usulida tekshirish o‘zlashtirildi.

Markazimizda yangi LOR-kombayn moslamasi ishga tushirildi. Shu tariqa yuqori nafas a’zolarini tekshirish imkoniyati yuzaga keldi.

Dori allergiyasi natijasida rivojlangan toksikodermiyani hamda surunkali idiopatik qavarchiqlarni plazmoferez yordamida, gistaminozlarni “DAO Prim Vegan” preparati bilan davolash texnologiyasi, bahorgi o‘simliklar changchalari aralashmasi bilan maxsus allergologik immunoterapiya amaliyotga tatbiq etildi. 

Shu bilan birga, yaqinda maslahat poliklinikamizga Angliyada ishlab chiqilgan BTL-08 SPIRO PRO spirografini o‘rnatdik. Bu texnologiya orqali tashqi nafas yo‘llariga baho berilib, sinamalar o‘tkaziladi. 

Hozir muassasamizda rivojlangan mamlakatlar klinikalarida qo‘llanilayotgan eng zamonaviy innovatsion allergochip ImmunoCAP ISAC tekshiruv usulini yo‘lga qo‘yish harakatidamiz. Bu diagnostika vositasi bir paytning o‘zida 112 xil allergenning oqsilli molekulasini aniqlash imkonini beradi. 

Bunday izlanish va yangilanishlar natijasida markazimizga xorijiy mamlakatlardan ham bemorlar murojaatlari soni orta boshladi. Misol uchun, o‘tgan uch oyda bu yerda Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkaniston, Afg‘oniston kabi o‘nga yaqin davlatdan tashrif buyurgan fuqarolarning qariyb 170 nafari ambulator, 20 nafarga yaqini statsionar sharoitda davolandi. 

Bu kabi ijobiy o‘zgarishlar markazning joylardagi hududiy filiallari faoliyatida ham kuzatilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Endilikda patronaj hamshiralari bemorlarni uyida reabilitatsiya qiladi'ning rasmi

    Salomatlik 04.04.2025 18:16

    Endilikda patronaj hamshiralari bemorlarni uyida reabilitatsiya qiladi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab taxminan 2,4 milliard inson reabilitatsiya qilinishi kerak bo‘lgan patologik xastaliklardan aziyat chekmoqda.

    'O‘zbekistonda ilk bor onkogematologik kasallikka chalingan bemorlarda o‘zak hujayralar transplantatsiyasi o‘tkazildi'ning rasmi

    Salomatlik 02.04.2025 19:21

    O‘zbekistonda ilk bor onkogematologik kasallikka chalingan bemorlarda o‘zak hujayralar transplantatsiyasi o‘tkazildi

    Dunyo miqyosida qon va qon yaratish tizimi kasalliklariga chalinish holatlari yildan-yilga ortib bormoqda.

    'Dunyo bo‘yicha 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi qariyb 2 barobar kamaydi'ning rasmi

    Salomatlik 28.03.2025 20:27

    'O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi'ning rasmi

    Salomatlik 26.03.2025 20:29

    O‘tgan oyda dunyo bo‘yicha vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 32 foizga oshdi

    Mazkur epidemiya avj olishiga tabiiy ofatlar, iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda infratuzilma yomonligi hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish cheklangani kabi transchegaraviy omillar sabab bo‘lmoqda.

    'O‘tgan yili dunyo bo‘yicha 10,8 million kishiga tuberkulyoz tashxisi qo‘yilgan'ning rasmi

    Salomatlik 24.03.2025 18:24

    O‘tgan yili dunyo bo‘yicha 10,8 million kishiga tuberkulyoz tashxisi qo‘yilgan

    Ulardan 1,25 million nafari kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

    'Gepatit kasalligi asoratlari bilan xavfli'ning rasmi

    Salomatlik 21.03.2025 18:53

    Gepatit kasalligi asoratlari bilan xavfli

    Xo‘sh, uning qanday turlari bor va nimasi bilan xavfli?