AsosiySport

"Nasaf" "Traktor"ni Qarshida qabul qiladi

O‘FK Elit Chempionlar ligasida 5-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

'"Nasaf" "Traktor"ni Qarshida qabul qiladi'ning rasmi

Bugun, 24 noyabr kuni Qarshining "Nasaf" jamoasi o‘z maydonida Eronning "Traktor" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv soat 18:45 da "Markaziy" stadionida start oladi.Tomonlar ilgari ikki bor to‘qnash kelgan va har ikki o‘yinda ham "Nasaf" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Joriy mavsumda "Nasaf" barcha to‘rt turda mag‘lub bo‘lgan va jadvalda so‘nggi o‘rinda turasa, "Traktor" 8 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

So‘nggi uchrashuvlarda eronliklar 3 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar