“Lokomotiv” futbol klubi 20 dekabr sanasida “Loko Sup” ilk bolalar futbol festivalini tashkil etmoqda. Bu haqja "temiryo`lchilar" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu paytga qadar “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari dunyoning turli mintaqalarida o`tkazilayotgan festival hamda turnirlarda ishtirok etib kelishayotgan edi. Endilikda klubning o`zi ham yosh futbolchilar uchun mana shunday futbol festivali tashkil etishni yo`lga qo`yadi.
Ilk “Loko Cup” festivali esa shu yilning 20 dekabrida poytaxtimizda o`tkaziladi. Uchrashuvlarning barchasi soat 14:00dan 18:00ga qadar Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti sport saroyida bo`lib o`tadi.
Unda “Lokomotiv” futbol klubining Toshkent shaxri, Surxondaryo viloyati va Namangan viloyatida joylashgan jamoalari,Toshkent shaxridan “Spartak” klubining 2009-2010 yillarda tug`ilgan yoshlardan iborat jamoalari va “Lokomotiv” futbol maktabi qoshidagi 2011-2012 yillarda tug`ilgan “Loko Junior”, “Loko Kids”, “Chempionchik” ham ishtirok etishi ko`zda tutilgan.