Amerikalik aktrisa Anjelina Joli suddan sobiq turmush o`rtog`i Bred Pittni har hafta giyohvand moddalar va spirtli ichimlik iste`mol qilishini tekshirishni talab qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Sentyabr oyida Breddan ajrashish uchun sudga ariza bergan Joli bolalarini sobiq turmush o`rtog`idan himoya qilish uchun yuqoridagi qarorga keldi. Ularning farzandlari otasi bilan faqatgina dam olish kunlaridagina uchrashadi.
Bred Pitt Kaliforniya shtati Los-Anjeles Oliy sudidan ularning ajrimi tafsilotlarini ommadan yashirishni so`rab qilgan talabi rad etildi. Bred Pittg oilaviy nizoning ommaviy tarzda muhokama eitilishi bolalar tarbiyasiga kuchli ta`sir qiladi, deb hisobladi.