AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Toshkent viloyati hokimi o`zgardi. 

Bugun, 15 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Bosh vazir Abdulla Aripov, respublikadagi barcha vazirlik, idora, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari, hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etgan yig`ilish kun tartibida ko`rib chiqilgan masalalar qatorida viloyat hokimini tayinlash masalasi ham muhokama etildi.

Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Boboev Shukrullo Habibullaevich nomzodi tavsiya etilgan va viloyat kengashi deputatlari qo`llab-quvvatlashi bilan bir ovozdan ma`qullangan.

O`zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Islomjan Ergashxo`jaev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlangan edi.

Islomjan Ergashxo`jaev Respublika Bosh prokurorining birinchi o`rinbosari lavozimiga o`tkazilgan.

Boshqa yangiliklar