Fransiya Rossiyaning besh yil muddatga beriladigan nobiometrik pasportini amaldagi safar hujjati sifatida tan olishni to‘xtatadi. Bu boradagi tegishli e’lon Rossiyada Shengen vizalarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanuvchi VMS viza markazi saytida paydo bo‘ldi.
Vizaviy markazning ma’lum qilishicha, rossiyalik sayyohlar yana qisqa muddatga, agar vizani 3 mayga qadar rasmiylashtirsa, Fransiyaga nobiometrik pasport bilan kirishlari mumkin bo‘ladi.
Sayohatchilar uchun mo‘ljallangan "Uletet" nomli Telegram kanal Yevropa Ittifoqi kengashi rasmiy saytida Rossiyada berilgan nobiometrik pasportlar endi Fransiya tomonidan tan olinmasligi haqidagi ma’lumotni topdi. Faqat 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berilgan pasportlar bundan mustasno.
Fransiyaning Rossiyadagi elchixonasi bu o‘zgarishlar haqida bayonot bermagan. Fransiyada yashayotgan rossiyaliklar o‘z pasportlarini qachongacha yangilashi kerakligi hozircha noma’lum.
Fransiya so‘nggi yillarda rossiyalik sayyohlar orasida Shengen vizasini olish uchun eng talabgir davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki urush boshlanganidan keyin ham Fransiyaning Rossiya fuqarolariga nisbatan viza siyosati Yevroittifoqdagi eng liberallardan biriligicha qolyapti.
Bundan oldin Rossiyaning biometrik bo‘lmagan pasportlarini Chexiya, Estoniya va Daniya ham tan olishni to‘xtatgan edi.