AsosiyBU QIZIQ

Dam olish kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Sinoptiklar ayrim hududlarda kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

'Dam olish kuni ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 20–22 daraja, kunduzi esa 34–36 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 20–22 m/s gacha kuchayib, chang-toʻzonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 15–20, kunduzi 30–35 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18–23, kunduzi 32–37 daraja atrofida boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham quruq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi 18–23, kunduzi 32–37 darajagacha koʻtariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning eng issiq ob-havosi kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 33–38 darajagacha yetadi, kechasi esa 18–23 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 16–21, kunduzi 32–37 daraja boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 10–15, kunduzi 23–28 daraja atrofida boʻladi. Momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Markaziy banklar oltin xaridini oshirdi'ning rasmi

    BU QIZIQ Bugun 04:00

    Markaziy banklar oltin xaridini oshirdi

    O'zbekiston 24 tonna oltin xarid qilib, Polsha bilan birga yetakchi xaridorlar qatoriga kirgan.

    '12 avgust kuni noyob to'liq Quyosh tutilishi kuzatiladi'ning rasmi

    BU QIZIQ 06.06.2026 16:14

    12 avgust kuni noyob to'liq Quyosh tutilishi kuzatiladi

    Hodisa Grenlandiya, Islandiya, Portugaliya va Ispaniyaning shimoliy hududlarida toʻliq, Yevropa, Afrika hamda Shimoliy Amerikaning katta qismida esa qisman kuzatiladi.

    'Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi'ning rasmi

    BU QIZIQ 06.06.2026 03:57

    Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi

    Oʻzgidromet 6 iyun kuni kutilayotgan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

    ''ning rasmi

    BU QIZIQ 05.06.2026 11:02

    ''ning rasmi

    BU QIZIQ 05.06.2026 09:18

    'Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan ilk vaksina sinovdan o'tkazildi'ning rasmi

    BU QIZIQ 05.06.2026 04:39

    Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan ilk vaksina sinovdan o'tkazildi

    Bu vaksina yordamida gripp, COVID-19 va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish rejalashtirilmoqda.