AsosiyBU QIZIQ

12 avgust kuni noyob to'liq Quyosh tutilishi kuzatiladi

Hodisa Grenlandiya, Islandiya, Portugaliya va Ispaniyaning shimoliy hududlarida toʻliq, Yevropa, Afrika hamda Shimoliy Amerikaning katta qismida esa qisman kuzatiladi.

'12 avgust kuni noyob to'liq Quyosh tutilishi kuzatiladi'ning rasmi

Joriy yilning 12 avgust kuni osmonda kam uchraydigan astronomik hodisa — to'liq Quyosh tutilishi sodir bo'ladi. Bu vaqtda Oy Quyosh va Yer orasidan o'tib, Quyosh nurlarini to'liq to'sadi va ayrim hududlarda kunduzgi vaqt qisqa muddatga qorong'ulashadi.

Mutaxassislar ma'lumotiga ko'ra, to'liq Quyosh tutilishi Grenlandiya, Islandiya, Portugaliya hamda Ispaniyaning shimoliy qismida kuzatiladi. Yevropa, Afrika va Shimoliy Amerikaning katta qismi aholisi esa qisman Quyosh tutilishining guvohi bo'ladi.

Olimlarning ta'kidlashicha, tutilish yo'li taxminan 8,3 ming kilometrga cho'ziladi. Grenlandiyada to'liq tutilish ikki daqiqadan ortiq davom etsa, Ispaniyaning ayrim hududlarida bu jarayon bir necha o'n soniya davom etadi.

Mutaxassislar Quyoshga himoya vositalarisiz qarash xavfli ekanini eslatmoqda. Hodisani kuzatish uchun maxsus sertifikatlangan ko'zoynaklar yoki quyosh filtrlari bilan jihozlangan optik qurilmalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Qayd etilishicha, ushbu noyob hodisa nafaqat osmon kuzatuvchilari, balki olimlar uchun ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, Quyosh toji va Yer atmosferasidagi o'zgarishlarni o'rganish imkonini beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi'ning rasmi

    BU QIZIQ Bugun 03:57

    Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi

    Oʻzgidromet 6 iyun kuni kutilayotgan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

    ''ning rasmi

    BU QIZIQ 05.06.2026 11:02

    ''ning rasmi

    BU QIZIQ 05.06.2026 09:18

    'Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan ilk vaksina sinovdan o'tkazildi'ning rasmi

    BU QIZIQ 05.06.2026 04:39

    Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan ilk vaksina sinovdan o'tkazildi

    Bu vaksina yordamida gripp, COVID-19 va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish rejalashtirilmoqda.

    'Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    BU QIZIQ 05.06.2026 03:09

    Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    Bu haqda “O‘zgidromet” 5 iyun uchun e’lon qilgan ob-havo prognozi ma’lumotlarida xabar berdi.

    'Toshkentda avtobuslarga faqat chiqish vaqtida to‘lov qilinadi'ning rasmi

    BU QIZIQ 04.06.2026 11:55

    Toshkentda avtobuslarga faqat chiqish vaqtida to‘lov qilinadi

    2026 yil 1 sentyabrdan boshlab validatorlar bilan jihozlangan avtobuslarga chiqqan har bir yo‘lovchi safarini elektron tarzda tasdiqlashi shart bo‘ladi.