AsosiyJAMIYAT

Toshkentda elektrobus piyodani bosib ketdi

Oqibatda fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

'Toshkentda elektrobus piyodani bosib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida elektrobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 6 iyun kuni soat 13:40 atrofida "Qo‘yliq dehqon bozori" bekati hududida sodir bo‘lgan. 45-sonli yo‘nalishda harakatlangan Yutong rusumli elektrobus haydovchisi transport vositasini orqaga haydayotgan vaqtda 1991 yilda tug‘ilgan piyodani bosib ketgan.

Oqibatda fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar