Kecha, 26 aprel kuni Eronning Bandar Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai portida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 750 dan ortiq inson turli darajada tan jarohatlari olgan. Mamlakat Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, qurbonlar soni yana ko‘payishi mumkin.
Prezident matbuot xizmatida qayd etilishicha, yuqoridagi holat yuzasidan davlat rahbari vafot etganlarning oilalariga sabr-toqat va bardamlik, jarohatlanganlarga esa tez orada shifo topishini tilagan.