AsosiyDunyo

Xitoy Panama kanalidagi portlar bitimi yuzasidan tekshiruv talab qildi

SAMR bayonotiga ko‘ra, kompaniyalar birlashuvi hukumat roziligisiz amalga oshirilmasligi kerak. Aks holda, u yuridik javobgarlikka olib kelishi mumkin.

'Xitoy Panama kanalidagi portlar bitimi yuzasidan tekshiruv talab qildi'ning rasmi

Xitoyning Bozorni tartibga solish bo‘yicha davlat boshqarmasi (SAMR) Panama kanalidagi portlarning sotilishiga oid bitim yuzasidan keng qamrovli tekshiruv o‘tkazishni talab qildi. Bu haqda “Reuters”agentligi xabar berdi.

SAMR bayonotiga ko‘ra, kompaniyalar birlashuvi hukumat roziligisiz amalga oshirilmasligi kerak. Aks holda, u yuridik javobgarlikka olib kelishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, mart oyi boshlarida AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp bosimi ostida Gongkongdagi Hutchison Holdings guruhi Panama kanalining ikkala chekkasida joylashgan Balboa va Kristobal portlarini sotish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Bitimga ko‘ra, portlarning 90 foiz aksiyalari Blackrock boshchiligidagi amerikalik konsorsiumga topshirilishi rejalashtirilgan. Bitim qiymati 19 milliarddan 23 milliard dollargacha baholanmoqda.

Pekin bu holatga tanqidiy munosabat bildirmoqda. Xitoy rasmiylari bu kelishuv savdo aylanmasini cheklashi mumkinligidan xavotirda.

Ta’kidlash joizki, Tramp hatto oliy davlat lavozimiga qaytishidan avval ham Panama kanali boshqaruvi yuzasidan keskin fikr bildirgan va Xitoy ta’sirini kamaytirib, AQSH bilan hamkorlikni kuchaytirishni talab qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar