AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboev o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi

2016 yil 15 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev va qardosh Qozog`iston xalqini tarixiy sana – Qozog`iston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi bilan samimiy tabrikladi. 

O`z navbatida Qozog`iston Prezidenti O`zbekiston rahbarini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgani  bilan muborakbod etdi. 

O`zbekiston va Qozog`iston rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O`zbekiston –Qozog`iston hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan qator mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. 

Davlat rahbarlari o`zaro hamkorlikning barcha sohalari bo`yicha amaliy, ishonchli va ochiq muloqotni davom ettirishga qat`iy ishonch bildirdilar. 

Nursulton Nazarboev Shavkat Mirziyoevni o`ziga qulay vaqtda Qozog`istonga davlat tashrifi bilan kelishni taklif etdi. 

Taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi. 

Suhbat an`anaviy do`stlik, hamfikrlik, o`zaro hurmat va samimiyat ruhida o`tdi.

Boshqa yangiliklar