AsosiyDunyo

Malika Diananing ko`ylagi auksionda 45 ming dollarga sotildi

Malika Diananing oqshom libosi auksionda 45 ming dollarga sotildi, deb xabar berdi “...

Malika Diananing oqshom libosi auksionda 45 ming dollarga sotildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Savdo auksioni Londonda bo`lib o`tdi.

Bruce Oldfield brendiga tegishli to`q siyohrang ko`ylakni malika Diana shahzoda Charlz bilan Portugaliyaga qilgan tashrifida kiygan. 1987 yilning 11 fevralida Diana turmush o`rtog`i hamrohligida  o`sha paytdagi Portugaliya prezidenti Mariu Suarish bilan bo`lgan rasmiy kechki ovqatlanishga mazkur libosda borgan. Malika yana Spenserlar oilasiga tegishli tojni ham taqqan.

Malika Diana 1997 yilda avtohalokatda halok bo`lgan.  Uning liboslari doimo omma e`tiborida bo`lgan. Uning vafotidan keyin barcha liboslari ekspozisiyalarga qo`yilib, auksionlarda sotilgan.

Boshqa yangiliklar