AsosiyJamiyat

Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotgan mingdan ortiq o‘zbekistonlikning ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston TIV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

'Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotgan mingdan ortiq o‘zbekistonlikning ro‘yxati e’lon qilindi'ning rasmi

Avvalroq Ukraina hukumatiga aloqador “Xochu jit”  loyihasi Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzib, Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan 1100 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosining ro‘yxatini e’lon qilgandi.

TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan tekshirilayotganini ma’lum qilgan.

Uning qayd etishicha, ma’lumotlar tasdiqlangan taqdirda, udarga tegishli choralar ko‘riladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston rasmiylari “O‘zbekiston fuqarolarini xorijdagi harbiy harakatlarga jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini doimiy ravishda bildirib keladi”.

    Boshqa yangiliklar