Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu stomatologik muolaja uchun tibbiyot markaziga yotqizildi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyahu Quddusdagi shifoxonalardan biriga joylashtirilgan, biroq uning ofisi bu “tishlarni davolash uchun” ekanligini bildirgan.
“76 yoshli Bosh vazirning sog‘lig‘i bir nechta hodisalardan so‘ng jamoatchilikning diqqat markaziga tushdi, bu esa uni tibbiy ma’lumotlarni xalqdan yashirganlikda ayblab, tanqidlar ostida qoldirdi. Bu vaziyat Isroilda Bosh vazirning umumiy sog‘lig‘i holati bo‘yicha ko‘plab bahs va taxminlarga sabab bo‘ldi.
Yaqinda u prostata bezidagi xavfli o‘simta tufayli nur terapiyasi kursini muvaffaqiyatli o‘tadi, biroq yaqinda bo‘lib o‘tgan urush ayni avjiga chiqqan paytda Eron bu ma’lumotdan Isroilga qarshi targ‘ibot tarqatishda foydalanishini da’vo qilib, jamoatchilikni xabardor qilishdan tiyildi”, deb yozadi nashr.
Shuningdek, OAV vakillari 2023 yilning iyul oyida Netanyahuga kardiostimulyator implantatsiya qilinganini, 2024 yilning mart oyida churra tufayli operatsiya qilinganini va 2024 yilning dekabrida prostata bezini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazganini eslatib o‘tgan.






