AsosiyDunyo

Tunis sobiq bosh vaziri 34 yilga qamaldi

U terrorizmga oid ishda aybdor deb topilgan.

'Tunis sobiq bosh vaziri 34 yilga qamaldi'ning rasmi

Tunisda sobiq bosh vazir Ali Loraed terrorizmga oid ayblovlar bo‘yicha 34 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ali Loraed 2011–2013 yillarda ichki ishlar vaziri, 2013–2014 yillarda esa bosh vazir lavozimida ishlagan, shuningdek, u «An-Nahda» partiyasining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Sud hukmiga ko‘ra, u jangarilarni Tunis tashqarisidagi mojaroli hududlarga yuborish bilan bog‘liq ishda aybdor deb topilgan, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

Ali Loraed 2022 yildan beri hibsda saqlanmoqda. Shu ish doirasida yana 7 kishi 18 yildan 36 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan. 2024 yil fevral oyida esa "An-Nahda" partiyasi rahbari va sobiq parlament spikeri, 83 yoshli Roshid al-Gannushiy ham 22 yil qamoq jazosini olgan edi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda Tunisda hayot darajasi keskin yomonlashganidan so‘ng ommaviy noroziliklar yuz bergan, prezident Qays Sayid parlamentni tarqatib, hukumatni iste’foga chiqargan edi. Keyinchalik referendumda yangi konstitutsiya qabul qilinib, prezident vakolatlari kengaytirildi. Tanqidchilar bu jarayonni demokratiyadan chekinish deb baholamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSH Hindiston va Pokistonni tinchlik sari hamkorlikka chorlamoqda'ning rasmi

    Dunyo 02.05.2025 19:08

    AQSH Hindiston va Pokistonni tinchlik sari hamkorlikka chorlamoqda

    Marko Rubio: Hindiston va Pokiston o‘zaro ishonchni mustahkamlashi zarur.

    'Turkiyada bo‘lgan namoyish ortidan 409 kishi qo‘lga olindi'ning rasmi

    Dunyo 02.05.2025 10:03

    Turkiyada bo‘lgan namoyish ortidan 409 kishi qo‘lga olindi

    Ushlanganlarning ko‘pchiligi Istanbuldagi aksiya ishtirokchilari bo‘lgan.

    'Kashmir: uchta yadroviy davlat uchun kelishmovchiliklar hududi'ning rasmi

    Dunyo 02.05.2025 09:17

    Kashmir: uchta yadroviy davlat uchun kelishmovchiliklar hududi

    Hindiston, Pokiston va Xitoy bilan chegaradosh mazkur hudud qattiq raqobat va hududiy ambitsiyalar makoniga aylandi.

    'AQSh va Ukraina strategik sarmoya bitimi imzoladi'ning rasmi

    Dunyo 02.05.2025 07:26

    AQSh va Ukraina strategik sarmoya bitimi imzoladi

    Zelenskiy hujjatni Oliy Radaga yubordi

    'Isroilda yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda'ning rasmi

    Dunyo 01.05.2025 22:00

    Isroilda yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

    Yong‘inni o‘chirishda armiya jalb qilingan.

    'Turkiyada 1 may namoyishlarida 400 dan ortiq odam hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 01.05.2025 20:57

    Turkiyada 1 may namoyishlarida 400 dan ortiq odam hibsga olindi

    Ular orasida huquqshunos va advokatlar ham bor.