AsosiyJamiyat

Toshkentda issiqxonada giyohvand modda yetishtirayotganlar qo‘lga tushdi

Ular bu o‘simlikni tuvakda, maxsus yorug‘lik va havo almashinuvi vositalari yordamida yetishtirgan.

'Toshkentda issiqxonada giyohvand modda yetishtirayotganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

Toshkentning Mirobod tumanida ikki nafar shaxs uyida issiqxona sharoitida giyohvand o‘simligi yetishtirgani aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIB Matbuot xizmati xabar qildi. 

Qayd etilishicha, ular taqiqlangan o‘simlikni issiqxona uslubida, tuvakda, maxsus yorug‘lik va havo almashinuvi vositalari yordamida yetishtirgan. O‘simliklar 12 tupni tashkil qilgan, ularning uzunligi 60 sm-170 sm bo‘lgan.

Xonadonda shuningdek, giyohvand o‘simliklarining quritilgani, iste’mol uchun tayyorlab qo‘yilganlari ham topilgan. Barcha giyovdand o‘simlik va moddalar daliliy ashyo sifatida olingan.

Bundan tashqari, ushbu hududda yana bir holat aniqlandi. Xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uy egasi giyohvandlik vositalari yetishtirilayotganligi aniqlangan. IIO xodimlarini ko‘rgan shaxs daliliy ashyolarni suvga oqizib yubormoqchi bo‘lgan. Ammo bu ish bermagan. 

Xolislar ishtirokida ushbu giyohvandlik vositalari ham rasmiylashtirib olinib, ekspertizaga topshirildi.

Hozirda ularga nisbatan 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.

    'Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi

    "O'zgidromet" 23 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 19:59

    Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi

    Onix haydovchisi xodimning toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, tezlikni oshirgan va YPX xodimini mashinada urib ketgan.

    '1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 18:55

    1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi

    Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqiladi. Prezident qarori bilan yangi choralar e’lon qilindi.

    'Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 14:33

    Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi

    "Volgograd-Toshkent" yo'nalishida harakatlanib kelayotgan poezd Qoraqalpog'istonda tekshirilganda 2 ta vagonda noqonuniy tibbiy buyum va dorilar borligi aniqlandi.

    'Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 13:32

    Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi

    Uyda uning yonida 2 nafar farzandi bo'lgan. Farzandlaridan biri ham zaharlanish oqibatida vafot etgan. Ikkinchisi shifoxonada davolanmoqda.