Farg‘ona vodiysi viloyatlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 28-apreldan 4-maygacha Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari bo‘ylab reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Unda iste’molchilar tomonidan 13,89 mln kVt. soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.
Oqibatda jami 12,5 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan. Holatlar bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, tadbirlar davomida 46 ta iste’molchilarning 3,4 milliard so‘mlik debitor qarzdorligi undirildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan qayta hisob-kitob qilingan holda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.