AsosiyDunyo

Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan yetti o‘rindiqli vertolyot Gangotri tomon yo‘l olgan bo‘lgan.

'Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Hindistonning Uttarakxand shtatida vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda “India Today”xabar berdi.

Qayd etilishicha, xususiy vertolyot bugun, 8 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:00 atrofida Uttarkashi tumanidagi Ganganani issiq buloqlari yaqinida qulagan. Shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan yetti o‘rindiqli vertolyot Gangotri tomon yo‘l olgan.

Uttarakxand bosh vaziri Pushkar Singx Dhami samolyot halokati sabablarini tekshirishni buyurganini aytdi.

    Boshqa yangiliklar