AQSHning Ogayo shtatida 1977 yilda sodir bo‘lgan ayanchli qotillik holati oradan deyarli yarim asr o‘tib fosh qilindi. Politsiya ilgari ochilmagan jinoyatni sigaret qutisida topilgan barmoq izlari va DNKtahlili yordamida ochishga muvaffaq bo‘ldi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
1977 yilda 24 yoshli Jeanette Ralston jinsiy tajovuzga uchragan va bo‘g‘ib o‘ldirilgan holda topilgan edi. Uning jasadi bar yaqinida mashinaning orqa o‘rindig‘ida aniqlangan. Voqea guvohlari marhuma barni noma’lum erkak bilan tark etganini bildirgan.
Santa-Klara okrugi prokurori o‘rinbosari Rob Beykerning aytishicha, tergovchilar dastlab Federal Qidiruv Byurosi (FQB) ma’lumotlar bazasidan foydalanib, jinoyat joyida topilgan sigaret qutisidagi izlarni kimga tegishli ekanini aniqlay olmagan. Ammo 2023 yilda algoritmlar yangilangach, izlar 69 yoshli Villi Yudjin Simsga tegishli ekani aniqlangan.
Qolaversa, Simsning DNKsi Ralstonning tirnoqlari ostidagi biologik izlar va uning bo‘g‘ib o‘ldirilgan ko‘ylagidagi DNKbilan ham mos tushgan.
Sims payshanba kuni sudga chiqishi kutilmoqda. Uni 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishlari mumkin.