AsosiyDunyo

Afg‘onistonda Tolibon hukumati shaxmatni taqiqladi

E’lon qilinishicha, bu qaror shaxmat o‘yinni islomga zid deb bilgani tufayli qabul qilingan.

'Afg‘onistonda Tolibon hukumati shaxmatni taqiqladi'ning rasmi

Tolibon hukumati shaxmatni taqiqladi. E’lon qilinishicha, bu qaror shaxmat o‘yinni islomga zid deb bilgani tufayli qabul qilingan.

Afg‘onistonda hokimlikni qo‘lga olgan Tolibon harakati mamlakatda shaxmat o‘ynashni va turnirlar o‘tkazishni man’ qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu qaror shaxmatning "islom qonunlariga zid" va "tavakkalchilik va qimor o‘yini" sifatida qaralgani bilan bog‘liq.

Afg‘oniston Shaxmat Federatsiyasining ifodasicha, shaxmatni taqiqlash mamlakatdagi barcha shaxmat klublarining yopilishi va musobaqalarning to‘xtashiga olib keldi. Federatsiya rahbarlari: "Bu qaror minglab shaxmatchilar, jumladan bolalar va ayollar, o‘zlarining sevimli o‘yinidan mahrum qildi", – deb e’tiroz bildirdi.

Tolibonning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha vaziri Muhammad Xalid Xandaniya: "Shaxmat va boshqa aql o‘yinlari insonlarning vaqtini behuda sarflaydi, irodasini sustiradi va islomta’limotga ziddir", – deb izoh berdi. U shuningdek, bu qadam "jamiyatni imoniy va ma’naviy jihatdan tozalash" uchun ko‘rilganini ta’kidladi.

Xalqaro shaxmat jamoatchiligi esa bu qarorni keskin tanqid qildi. Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi (FIDE) Afg‘onistondagi vaziyatni "insoniy huquqlarning jiddiy buzilishi" deb baholadi. FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich: "Shaxmat – bu tinchlik va aql o‘yinidir. Uni taqiqlash dunyoning hech qayerga mos kelmaydi", – dedi.

Eslatib o‘tamiz, Tolibon 2021 yilda hokimiyatni qo‘lga olgandan so‘ng mamlakatda musiqa, sport turlari (ayollar uchun) va san’atning ko‘p shakllarini xam man’ qilgan. Shaxmatning tarixiy jarayoniga qaraganda, Afg‘onistonda bu o‘yin asrlar davomida mashhur bo‘lib kelgan, ayniqsa Kobul va Hirot shaharlarida keng tarqalgan.

Hozirgi paytda Afg‘onistonlik shaxmatchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi xam xavf ostida. FIDE ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 50 dan ortik professional shaxmatchisi xalqaro reytinglarda faol bo‘lib, ularning ishtirokisiz turnirlarning sifati pasayishi mumkin.
Afg‘onistondagi shaxmat havaskorlari bu taqiqni bekor qilish uchun imzo to‘plash va norozilik bildirish kabi qonunniy imkoniyatlarni izlashmokda. Biroq  Tolibon hukumatining qattiq kurolli nazorati sharoitida bu ishlarning samarasiga ishonch past.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.