Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag‘ishlangan muzeyda o‘g‘irlik sodir etilgani to‘g‘risida xabar tarqalgan.
Shveytsariya rasmiylarining ma’lum qilishicha, ayni payt qo‘riqchini "tinchitgach", peshoynani sindirib, o‘nlab oltin tangalarni olib qochib ketgan ikki qaroqchini qidirmoqda. Bu haqda "Arab News" yozdi.
Shahar politsiyasi ma’lum qilishicha, gumondorlar payshanba kuni yopilish vaqtidan biroz oldin chipta sotib olib, majmuaga kirgan va boshqa mijozlarning ketishini kutgan. So‘ngra reja bo‘yicha qo‘riqchiga hujum qilib, uni qo‘lga olishgan, keyin vitrinani sindirib tashlashgan.
O‘ljaning narxi hozircha oshkor qilinmadi, faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.
Ushbu voqea jahon bozorida tilla narxi keskin ko‘tarilgan bir paytda kuzatildi.
Muzey xodimi, 64 yoshli Shveytsariya fuqarosi tergovchilar tomonidan so‘roq qilingan. Voqeada xizmatchi jarohat olmaganligi qayd etilgan. O‘sha payt hodisa joyida boshqa hech kim bo‘lmagan.
Davlat prokuraturasi jinoyat yuzasidan tergov boshlandi. Lozanna shahri hokimligi muzey ko‘rgan zararni qoplash uchun sudga da’vo kiritdi. Oltin tangalar egasi hisoblangan mintaqaviy hukumat tergov boshlash rejasini e’lon qildi.






