AsosiyDunyo

Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

Nigeria shu haftada ikkinchi omaviy bolalar o'g'irlashini boshdan kechirmoqda. Juma kuni qurollangan shaxslar Niger shtatining Papiri shahridagi Avliyo Meri katolik maktabiga bostirib kirib, bolalar va o'qituvchilarni o'g'irlab ketishdi. Nigeria xristian assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimi (to'rt nafar ayol va sakkiz nafar erkak) o'g'irlab ketilgan.

Avvalroq 215 nafar bola va 12 nafar o'qituvchi o'g'irlab ketilgani xabar qilingandi, biroq maktab ustidan yurisdiktsiyaga ega bo'lgan Kontagora yeparxiyasi episkopi keyinchalik yangilangan raqamlarni keltirdi.

"Papiridagi maktabni tark etganimizdan so'ng biz qo'ng'iroq qilish, tekshirish va muvaffaqiyatli qochgan deb o'ylaganlar haqida qo'shimcha surishtiruv o'tkazishga qaror qildik va yana 88 nafar o'quvchi qochishga uringandan keyin qo'lga olinganini aniqladik", dedi u.

Shunday qilib, maktabning 629 nafar o'quvchisining deyarli yarmi o'g'irlanganlar ro'yxatiga kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar