Bugun, 15-may kuni Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-3 dahasi, Qipchoq ko‘chasida joylashgan “Havas” do‘koning tom qismida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 10:15 da sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:21 da yong‘inga yetib borib, hozirda uni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Eslatib o’tamiz, kecha hududda omborxona yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida hech kim jabir ko’rmagani bildirilgan.