AsosiyJinoyat

“Baxti Tashkentskiy”ning odami qamaldi

Unga nisbatan tovlamachilik ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qilgan.

'“Baxti Tashkentskiy”ning odami qamaldi'ning rasmi

Sud tomonidan uyushgan jinoyatchilikda ayblangan H.Sh. ismli shaxs 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan jinoyat olami vakili Baxtiyor Qudratillayevning o‘g‘li Bekzod Zafarov bilan yaqin aloqada bo‘lgani ma’lum qilindi.

H.Sh. Baxtiyor Qudratillayev tomonidan Samarqand viloyatiga “polojenets” sifatida tayinlangan shaxs boshchiligidagi jinoiy guruhga qo‘shilgan. Guruh a’zolari “ko‘chani qo‘lga olib”, aholiga nisbatan turli bosim va zo‘ravonliklar uyushtirib kelgan.

Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, ular Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan shaxsdan 10 ming dollar qarz borligini eshitib, Samarqandlik M.B.ni tahdid ostiga olib, undan pullarni “ko‘cha yechimi” orqali undirishga harakat qilgan. Guruh a’zolari M.B.ni fermer xo‘jaligida ushlab, so‘ng uni oshxonaga olib borib, ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazgan. Hatto, boshiga “bokal” bilan urib, tan jarohati yetkazishgacha borgan.

Sud materiallarida aytilishicha, jabrlanuvchidan dastlab 500 dollar, keyin 1 200 dollar undirishgan. Umumiy hisobda yetkazilgan moddiy zarar 19 million so‘mdan oshgan.

H.Sh. sudda o‘z aybini tan olmadi. U Bekzod Zafarov bilan faqat tanish bo‘lganini, jinoyatga aloqasi yo‘qligini bildirdi. Unga ko‘ra, Bekzod uni domla oldiga olib borishni so‘ragan va o‘sha kuni Samarqandda Sanya ismli shaxs bilan ilk bora tanishgan.

Biroq sud H.Sh.ning aybini isbotlangan deb topdi va unga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi bo‘yicha 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Qudratillayev, ya’ni “Baxti Tashkentskiy” “qonundagi o‘g‘ri” sifatida jinoyat olamida tanilgan shaxslardan biri hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 16:18

    Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda

    Hodisa bir necha oy avval maktabdan tashqarida va o‘quv vaqtidan tashqari paytda yuz bergan.

    'Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 15:36

    Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi

    Tungi klub oldida sodir etilgan og‘ir jinoyat bo‘yicha sud qarorini noqonuniy o‘zgartirishda ayblangan sudyalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    'Nyu-York politsiyasi "Grinch"ni qidiruvga berdi'ning rasmi

    Jinoyat 29.12.2025 10:35

    Nyu-York politsiyasi "Grinch"ni qidiruvga berdi

    Shahar politsiyasi Yangi yil arafasida hazilomuz aksiya o‘tkazib, mashhur kino qahramonini "topgan"larga 10 ming dollar mukofot va’da qildi.

    'Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 25.12.2025 03:58

    Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qo‘lga olindi

    Ko'mir ombori rahbarligiga tayinlash va vagonlar sonini oshirishni va'da qilgan amaldor 40 ming dollar talab qilgan.

    'Намангандаги тўйда 7 ёшли қизни зўрлаган эркак 18 йилга қамалди'ning rasmi

    Jinoyat 24.12.2025 14:57

    Намангандаги тўйда 7 ёшли қизни зўрлаган эркак 18 йилга қамалди

    Mahkum jazoning dastlabki uch yilini qamoqda, qolgan qismini maxsus tartibli koloniyada o‘tkazadi.

    ''ning rasmi

    Jinoyat 24.12.2025 05:40