AsosiySalomatlik

Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladigan mahsulotlar haqida eshitganmisiz?

Yozda ultrabinafsha nurlarning intensivligi inson yuzida erta qarish va pigmentatsiya paydo bo‘lish xavfini oshiradi.

'Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladigan mahsulotlar haqida eshitganmisiz?'ning rasmi

Yozda ultrabinafsha nurlarning intensivligi ortadi, bu esa terida erkin radikallar hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Bu erta qarish va pigmentatsiya paydo bo‘lish xavfini oshiradi.

Yozda ultrabinafsha nurlarning intensivligi ortadi, bu esa terida erkin radikallar hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Bu erta qarish va pigmentatsiya paydo bo‘lish xavfini oshiradi, dedi RT dermatovenerolog, kosmetolog Natalya Mixaylova.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda organizmga yoshlikni saqlab qolishga yordam beradigan, yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradigan va kollagenning parchalanishiga to‘sqinlik qiladigan antioksidantlar kerak.

"Antioksidantlarning tabiiy manbalari - mavsumiy yozgi mevalar, sabzavotlar va rezavorlar. Ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri polizdan yeyish ayni muddao. Chernika, malina, qulupnay, olcha, tarvuz va shaftolida antioksidantlar ko‘p," - dedi Mixaylova.

Shuningdek, yong‘oq, ko‘k choy va qora shokolad ham antioksidantlarga boy.

    Boshqa yangiliklar