AsosiyJamiyat

Buyuk Britaniya maktablarida mamlakatning tub aholisi qora tanlilar edi, deb o‘qitishmoqda - The Telegraph

Hisobot mualliflari “orttirilgan va bahsli tarixiy talqinlar go‘yo tasidqlangan haqiqatdek o‘rgatilayotganini” tanqid qilishdi.

'Buyuk Britaniya maktablarida mamlakatning tub aholisi qora tanlilar edi, deb o‘qitishmoqda - The Telegraph'ning rasmi

Buyuk Britaniya maktablari o‘quvchilariga “mamlakatning haqiqiy aholisi qora tanlilar bo‘lgan, mashhur Stounxenjni ham o‘shalar barpo qilgan”, deb o‘rgatishmoqda. The Telegraph nashri shu haqda ma’lum qilgan.

Bunday darslar asli nigeriyalik Britaniya yozuvchisi Atinuke muallifligidagi “Brilliant Black British History” («Qora Britaniyaning brilliant tarixi») kitobiga asoslanadi. 

2025 yil 18 may kuni nashr etilgan hisobotga ko‘ra, ushbu kitob maktablarda tarix darsliklarini “dekolonizatsiya” qilish harakati doirasida joriy o‘quv dasturlariga kiritilgan. Kitobda ta’kidlanishicha, qora tanlilar 7 000 yildan ortiq davr mobaynida britaniya orollarida yashagan. Kitob ko‘plab maktablarning o‘quv dasturlariga kiritilgan va Buyuk Britaniya Ta’lim vazirligi yuqori lavozimli amaldorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Policy Exchange’ning kuzatuvlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyadagi o‘rta maktablarining 83 foizi tarix darsliklarini “dekolonizatsiya” qilish maqsadida o‘zgartirgan. Bu jarayon ba’zi hollarda gender tengligi va global tarixni o‘rganishga ijobiy ta’sir qilsa-da, hisobot mualliflari “orttirilgan va bahsli tarixiy talqinlar go‘yo tasidqlangan haqiqatdek o‘rgatilayotganini” ham tanqid qilishdi. 

Hisobotda ta’kidlanishicha, o‘quv dasturidan Aginku‌rt va Trafalgar hamda Vaterloo janglari kabi asosiy tarixi voqealar chiqarib tashlangan maktablar ham mavjud. Shu sababli mualliflar 1066–1989 yillarga oid yangi majburiy imtihon yaratilishini taklif qilib, barcha maktab o‘quvchilarini butun Birlashgan Qirollik tarixini xronologik tartibda o‘zlashtirishga chaqirmoqda.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentdagi bozorda IIB xodimi pichoqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.05.2025 21:40

    Toshkentdagi bozorda IIB xodimi pichoqlandi

    Post-patrul xizmati inspektori fuqaroni tekshirayotganda pichoq bilan to‘satdan xodimga hujum qilib, bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan.

    'Shavkat Mirziyoyev Budapeshtga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.05.2025 17:46

    Shavkat Mirziyoyev Budapeshtga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ham ishtirok etadi.

    'Dollarning rasmiy kursi yangilandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.05.2025 16:49

    Dollarning rasmiy kursi yangilandi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi'ning rasmi

    Jamiyat 19.05.2025 15:07

    Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi

    Raqobat qo‘mitasi mahalliy va xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalarni ogohlantirdi.

    'Markaziy bank bir oyda 6 ta bankni jarimaga tortdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.05.2025 13:48

    Markaziy bank bir oyda 6 ta bankni jarimaga tortdi

    O‘tgan oyda 3 ta lombard va 2 ta mikromoliya tashkilotiga ham jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.

    '18 yoshgacha bo‘lganlar mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yengil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati tuzildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.05.2025 13:19