AsosiyJamiyat

Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi

Qonunchilik palatasi avtomobilning bosib o'tgan yo'lini kamaytirib ko'rsatish yoki odometrni almashtirib, bu haqda xaridorni xabardor qilmaslik uchun ma'muriy javobgarlik belgilashni qo'llab-quvvatladi.

'Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyihaga ko‘ra, avtomobil sotilishidan oldin uning odometr ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgan yoki qurilma almashtirilgan bo‘lsa, bu haqda xaridorni xabardor qilmaslik ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Hujjatda jarima miqdori BHMning 10–15 baravari, ya’ni 4,12 mln so‘mdan 6,18 mln so‘mgacha etib belgilanmoqda.

Odometr — transport vositasiining bosib o‘tgan masofasini qayd etuvchi asbob bo‘lib, uning ishlash mexanizmi g‘ildirak aylanishlarini hisoblashga asoslanadi.

    Boshqa yangiliklar