AsosiyJamiyat

Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda

Buvayda tumanida noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi bo'lgan ekologiya inspektori hokim o'rinbosari tomonidan zo'ravonlik bilan to'xtatilgani bildirildi.

'Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda'ning rasmi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida Ekologiya qo‘mitasi inspektori Axrorjon Niyozov aholi murojaati asosida manzilga etib borib, noqonuniy daraxt kesilishiga chek qo‘yishga uringan.

U holat bo‘yicha hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirmoqchi bo‘lganida, tuman hokimi o‘rinbosari Saydali Xidirov uning faoliyatiga kuch ishlatish orqali qarshilik qilgani aytilmogda.

Inspektor Milliy gvardiya xodimlari yordamida majburan tuman IIBiga olib ketilgani ma’lum qilingan.

Ekologiya milliy qo‘mitasi hodisani keskin qoralab, hokim o‘rinbosari va boshqa mas’ullarni qonuniy javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘rilishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar