Poytaxtda ekologik nazoratning yangi tizimi joriy etilmoqda: havo sifati monitoring qilish va qurilish maydonchalarini kuzatish uchun uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanila boshlanadi. Tegishli idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
Prezident farmoniga ko‘ra, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi atmosfera havoli holatini doimiy monitoring qilishni tashkil etadi. Uchuvchisiz uchish apparatlari va sun‘iy yo‘ldosh texnologiyalari ifloslanishning tabiiy va antropogen manbalarini aniqqlash va ekologik vaziyatning o‘zgarishiga tezkor javob berish uchun ishlatiladi.
Shuningdek, Kadastr agentligiga Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi qurilish maydonlarida ekologik talablarga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish topshirildi. Dronlar qoidabuzarliklarni erta bosqichda aniqqlash va shaharsozlik sohasida shaffoflikni ta’minlash imkonini beradi.
Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash atrof-muhit sifatiini yaxshilash, quruvchilarning shahar va aholi oldidagi mas’uliyatini oshirish imkonini berishi kutilmqoqda.






