AsosiyBu qiziq

“Duisburg” hayvonot bog‘ida ilk bor ko‘zoynakli pingvin dunyoga keldi

Yangi tug‘ilgan pingvin dastlab 100 gramm atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozir og‘irligi 1,4 kilogrammgacha yetgan.

'“Duisburg” hayvonot bog‘ida ilk bor ko‘zoynakli pingvin dunyoga keldi'ning rasmi

Germaniyaning “Duisburg”shahridagi hayvonot bog‘ida ilk bor ko‘zoynakli pingvin jo‘jasi tuxumdan chiqdi. Bu haqda “Radio Duisburg” xabar berdi.

38 kun davomida tuxumni navbatma-navbat ona va ota pingvin issiqlikda ushlab yotdi. Ulardan biri tuxum ustida yotsa, ikkinchisi suzib yurib ovqat izlagan.

Yangi tug‘ilgan jo‘ja dastlab 100 gramm atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozir og‘irligi 1,4 kilogrammgacha yetgan.

Mutaxassislarning aytishicha, jo‘jani endi birinchi marta tuklarini yangilash – ya’ni “liniyka”jarayoni kutmoqda. Uning dastlabki yumshoq tuklari to‘kilib, o‘rniga yog‘li qatlam bilan himoyalangan patlar chiqadi. Shundan so‘ng u suzishga tayyor bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ko‘zoynakli pingvinlar hozirda yo‘qolib ketish arafasida. 2023-yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra, yovvoyi tabiatda atigi 10 ming juftga yaqin qush qolgan xolos. Mutaxassislar agar vaziyat o‘zgarmasa, bu tur 2035-yilgacha butunlay yo‘qolib ketishi mumkinligini aytmoqda.

“Duisburg”dagi hayvonot bog‘i bu qushlarni asrash bo‘yicha bir necha yildan beri Janubiy Afrikadagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ular pingvinlar uy quradigan joylarni kuzatadi, yetim qolgan tuxumlardan jo‘jalar ochirib, ularni himoyalangan stansiyalarda parvarishlaydi. Bu orqali minglab pingvinlar yana yovvoyi tabiatga qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar