AsosiyDunyo

Xitoy G‘azo sektoriga gumanitar yordam yubordi

Yordam samolyotining xavfsiz parvozini ta’minlash maqsadida uni xitoylik harbiy qiruvchi samolyotlar qo‘riqlab borgan.

'Xitoy G‘azo sektoriga gumanitar yordam yubordi'ning rasmi

Xitoy hukumati G‘azo sektoridagi falastinlik aholiga keng ko‘lamli gumanitar yordam yubordi. Yordam samolyotining xavfsiz parvozini ta’minlash maqsadida uni xitoylik harbiy qiruvchi samolyotlar qo‘riqlab bordi. 

Gumanitar yukning aniq miqdori va tarkibi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, ma’lumotlarga ko‘ra, unda oziq-ovqat, tibbiy vositalar va birinchi navbatda zarur bo‘lgan ehtiyojlar mavjud. Xitoy rasmiylari yordam operatsiyasini “insoniylik va tinchlikka da’vat” deb baholamoqda.

Shu bilan birga, G‘azoda yuzaga kelgan og‘ir gumanitar vaziyatga javoban Rossiya va AQSH ham o‘z yordam yuklarini yuborgan. Ammo arab dunyosidan bu borada faqat Misr va Iordaniya faollik ko‘rsatmoqda. Qolgan arab mamlakatlarining sukut saqlayotgani xalqaro jamoatchilikda tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektoridagi gumanitar inqiroz 2023 yil 7 oktyabrida XAMAS va Isroil o‘rtasida boshlangan yangi bosqichdagi harbiy to‘qnashuvlar ortidan yanada keskinlashdi. Isroilning G‘azoga qarshi uzluksiz havo zarbalari, yer usti amaliyotlari va blokadasi natijasida minglab tinch fuqarolar halok bo‘ldi va yuz minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.

BMT va xalqaro insonparvar tashkilotlar G‘azodagi vaziyatni “axloqiy halokat” deb atab, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va yordam ko‘rsatishga chaqirmoqda. Xitoyning ushbu harakati Pekinning Yaqin Sharqdagi yangi tashqi siyosiy faoliyatining bir qismi sifatida ham baholanmoqda.

Ayni paytda, G‘azoga gumanitar yordam yetkazish juda xavfli va siyosiy jihatdan murakkab jarayonga aylangan. Xitoy tomonidan harbiy qo‘riqlash hamrohligidi gumanitar yordam yuborilishi – bu shunchaki yordam emas, balki xalqaro sahnadagi mavqe va ta’sir doirasini ko‘rsatishga urinuvchi geosiyosiy qadam sifatida ham ko‘rilmoqda.

                                                                                                                                                Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trampning so‘nggi bayonoti Yevropa yetakchilarini xavotirga soldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:45

    Trampning so‘nggi bayonoti Yevropa yetakchilarini xavotirga soldi

    Trampning Putin bilan suhbatdan keyingi bayonotlari Vashington endi mojarolarda vositachilik rolidan chekinayotganidan darak berishi mumkin.

    'AQSH "Hizbulloh" faoliyati haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:50

    AQSH "Hizbulloh" faoliyati haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi

    AQSH Davlat departamenti Braziliya, Paragvay va Argentinada «Hizbulloh» tashkilotining faoliyati haqida ma’lumot bergan shaxsni mukofotlamoqchi.

    'Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada yetakchilari Isorilga tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:29

    Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada yetakchilari Isorilga tahdid qildi

    Agar Isroil G‘azoga harbiy hujumni qayta boshlashni to‘xtatmasa, mazkur uchta davlat unga qarshi choralar ko‘radi.

    'YI Rossiya nefti uchun narx chegarasini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:19

    YI Rossiya nefti uchun narx chegarasini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda

    Bu masala 20–22 may kunlari Kanadada bo‘lib o‘tadigan G7 moliya vazirlari uchrashuvida muhokama qilinadi.

    'Tramp Rossiya va Ukraina urushini to‘xtashini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:24

    Tramp Rossiya va Ukraina urushini to‘xtashini aytdi

    Qo‘shma Shtatlar rahbari Rossiya yetakchisi bilan ikki soat telefonda gaplashdi.

    'Fransuz razvedkasi Telegram orqali Yevropadagi siyosatga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘ldimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:14

    Fransuz razvedkasi Telegram orqali Yevropadagi siyosatga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘ldimi?

    Pavel Durov fransuz maxsus xizmatlarini Yevropa siyosatiga aralashishga uringanlikda aybladi.