AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda uch advokat firibgarlik bilan qo‘lga tushdi

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Qashqadaryoda uch advokat firibgarlik bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Qashqadaryoda uch nafar advokat firibgarlik harakatlari bilan qo‘lga olindi. Bu haqda “Darakchi.uz”ga DXX xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qarshi shahridagi advokatlik byurosi vakili Chiroqchi tuman sudining ikki fuqaro haqidagi qamoq ehtiyot chorasi o‘rnini yengilrog‘iga almashtirish evaziga 4 ming AQSH dollari olayotganda ushlangan.

Yana bir advokat Qarshi tumanlararo sudi ishini mijoz foydasiga hal qilib berishni va’da qilib, jami 3,5 mln so‘m hamda 500 dollar olayotganda qo‘lga tushgan.

Uchinchi holatda esa advokat Muborak tumanidagi tergov ishini ijobiy yechib berishni va’da qilib, jami 4 mln so‘mni olayotganda fosh etilgan.

Mazkur holat yuzasidan advokatlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar