Toshkent shahar Olmazor tumanidagi qurilish obyekti 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qay etilishicha, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “V.K.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli qurilish obyektini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulashi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
“Hozirda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”,— deyiladi vazirlik munosabatida.