AsosiyJinoyat

Ichki ishlarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi

Ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, pul olgan adliya va gvardiya xodimlari DXX tomonidan ushlandi.

'Ichki ishlarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi'ning rasmi

Qashqadaryo va  Xorazmda ikki nafar mansabdor pora evaziga fuqarolarni ishga kiritishini va’da qilib, ulardan pul olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX “Darakchi.uz”ga ma’lum qildi.

Toshkent shahar Adliya boshqarmasida aloqa operatori bo‘lib ishlagan, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs Xorazm viloyatidagi fuqaroni o‘zining “mansabdor tanishlari” orqali ichki ishlar organlariga ishga kiritishni va’da qilgan. U lavozim turiga qarab narx ham belgilagan — askarlar uchun 1500, ofitserlar uchun esa 2000 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIO bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u vositachi orqali 1900 AQSH dollari va 1 mln 295 ming so‘m olgan paytida ushlangan.

Qashqadaryo viloyatida esa Milliy gvardiyaning Qarshi shahar bo‘limi xodimi Koson tumanidagi fuqaroni viloyat IIBga ishga kiritish evaziga 2000 dollar olgan vaqtda ushlangan.

Har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar