AsosiyJinoyat

Xorazmda 2,2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irligi fosh etildi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Xorazmda 2,2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irligi fosh etildi'ning rasmi

Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan “T.Y.” mas’uliyati cheklangan jamiyati elektr quvvatidan hisoblagichdan tashqari ulanib foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xabar berdi.

Tegishli idoralar — “O‘zenergoinspeksiya” va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida korxonaning elektr qurilmalari hisoblagichsiz ravishda tarmoqqa ulangani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu noqonuniy ulanish oqibatida davlatga 2 milliard 207 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar