Rossiyada noqonuniy muhojirlarni aniqlash uchun dronlardan foydalanila boshlandi.
Shunday hodisalardan biri Krasnodarda o‘tkazilgan reyd paytida yuz berdi. Rosgvardiya jangchilari qurilish maydonchasini ko‘zdan kechirishdi va kvadrokopter yordamida barcha ishchilarning ko‘chaga chiqishini kuzatishdi.
Tekshiruv natijasida 14 nafar xorijlik Rossiyada noqonuniy ishlayotgani aniqlandi. Ular jarima to‘lashi, keyin esa mamlakatdan deportatsiya qilinishi talab etiladi.