Ukrainada Rossiya hujumidan halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi. Bu haqda “DW” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yana olti nafar jasad Ukraina poytaxtida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari raketasi tushishi natijasida qulab tushgan poyezd vayronalari ostidan olib chiqilgan.
Solomenskiy tumanidagi ushbu uyda bo‘lgan jami 17 kishi halok bo‘lgan.
Joriy yilning 17 iyunga o‘tar kechasi Kiyevga uyushtirilgan hujumlar qurbonlarining umumiy soni 22 kishiga yetgan. Shuningdek, 134 kishi jabrlangani ma’lum.
Bugun, 18 iyunga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi yana bir bor Ukrainaning qator hududlariga hujum qilgan.
Xersonda, Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, chaqiriqqa yetib kelgan tez yordam mashinasiga portlovchi moddalar tashlangan.
Ikki nafar tibbiyot xodimi jarohatlangan. Shuningdek, shaharda dron hujumi oqibatida 69 yoshli mahalliy fuqaro jarohat olgan.
Shuningdek, Izyum va Zaporoje o‘qqa tutilgan.