AsosiyDUNYO

Kabo-Verde g'alabasini nishonlash vaqtida AQShda otishma yuz berdi

Jahon chempionati uchrashuvidan keyingi tantanalar vaqtida yuz bergan otishma oqibatida kamida to‘rt kishi yaralandi.

'Kabo-Verde g'alabasini nishonlash vaqtida AQShda otishma yuz berdi'ning rasmi

AQShning Massachusets shtatidagi Brokton shahrida Jahon chempionati uchrashuvidan keyingi tantanalar vaqtida yuz bergan otishma oqibatida kamida to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda xorijiy manbalarga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 27 iyun kuni yarim tunga yaqin Main Street hududida sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda ko‘chada yuzlab odamlar to‘plangan bo‘lib, huquq-tartibot idoralariga bir necha marta o‘q uzilgani haqida xabar kelib tushgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea joyida o‘qotar quroldan jarohatlangan to‘rt nafarni aniqlagan. Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Hozircha hech kim qo‘lga olinmagan.

Politsiya qaysi uchrashuv nishonlanganiga aniqlik kiritmagan. Biroq Brokton shahri AQShdagi eng yirik Kabo-Verde diasporalaridan biri yashaydigan hudud hisoblanadi. Juma kuni mahalliy aholi Kabo-Verde terma jamoasining Jahon chempionatida ilk bor pley-offga chiqqanini nishonlagan.

Ma’lumot uchun, Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi uchrashuv Hyuston shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

    Boshqa yangiliklar

    Kabo-Verde g'alabasini nishonlash vaqtida AQShda otishma yuz berdi - Darakchi.uz