AsosiyDUNYO

Ukraina Rossiyadagi “Vtorovo” neft stansiyasiga dronlar bilan hujum qildi

Idora ma'lumotiga ko'ra, bu iyun oyi davomida mazkur obyektga uyushtirilgan ikkinchi hujum hisoblanadi.

'Ukraina Rossiyadagi “Vtorovo” neft stansiyasiga dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) Rossiyaning Vladimir viloyatida joylashgan “Vtorovo” neft haydash stansiyasiga dronlar orqali zarba berilganini ma'lum qildi. Bu haqda Meduza nashriga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Idora ma'lumotiga ko‘ra, bu iyun oyi davomida mazkur obyektga uyushtirilgan ikkinchi hujum hisoblanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, dronlar stansiyaning texnik binosiga tegib, portlash sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda Ukraina tomoni hujumni tasdiqlovchi foto yoki video materiallarni e'lon qilmagan. Vladimir viloyati hokimiyati ham voqea yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

NASA’ning FIRMS monitoring tizimi stansiya hududida yong‘in qayd etmagan. Biroq obyektdan taxminan 10 kilometr uzoqlikda yong‘in o‘chog‘i aniqlangan.

SBU “Vtorovo” stansiyasini neft mahsulotlarini eksport portlari, ichki bozor va Moskvaga yetkazib beruvchi muhim logistika obyekti deb atadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu obyektga avval ham — 10 iyun kuni dronlar orqali hujum qilingan.

Meduza qayd etishicha, Ukraina so‘nggi oylarda Rossiyaning neft infratuzilmasiga muntazam zarbalar bermoqda. Bu esa ayrim hududlarda yoqilg‘i tanqisligi va benzin tanqisligiga oid murojaatlar ko‘payishiga olib kelgan.

    Boshqa yangiliklar