AsosiyDunyo

AQSH havo kuchlari Eronga zarba berdi

Bu haqda Tramp ijtimoiy tarmoqda yozib qoldirdi.

'AQSH havo kuchlari Eronga zarba berdi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiylari Erondagi uchta yadroviy obyekt — Fordo, Natanz va Isfahonga havo hujumi uyushtirganini aytdi. 

"O‘q-dorilarning to‘liq to‘plami asosiy hudud— Fordoga tashlandi. Biz Eronning uchta yadroviy obyektiga juda muvaffaqiyatli zarbalar berishni yakunladik. Shonli amerikalik jangchilarimizni tabriklaymiz. Dunyoda buni uddalay oladigan boshqa harbiy yo‘q", — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida. 

Shuningdek, u AQSH samolyotlari Eron havo hududini allaqachon tark etgani va bazalariga qaytayotganini ta’kidladi. "Endi tinchlik vaqti", deya qo‘shimcha qildi u. 

Eron endi urushni tugatishga rozi bo‘lishi kerak, deydi Tramp. 

    Boshqa yangiliklar