AsosiyBu qiziq

Venetsiyada milliarderning to‘yiga qarshi noroziliklar boshlandi

Odamlar “Shahar boylar uchun emas!”, deya qo‘zg‘alon ko‘targan.

'Venetsiyada milliarderning to‘yiga qarshi noroziliklar boshlandi'ning rasmi

“Amazon” asoschisi Jeff Bezos va jurnalist Loren Sanchesning Venetsiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan to‘y marosimi mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘ldi.

Marosim 26–28 iyun kunlari San-Jorjo-Majore orolida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq kuchayib borayotgan noroziliklar sababli asosiy qabul marosimi shaharning kamroq sayyoh tashrif buyuradigan Arsenal hududiga ko‘chirildi.

“No Space for Bezos” — ya’ni “Bezos uchun bu yerda joy yo‘q” nomi ostida birlashgan bir nechta mahalliy tashkilotlar amerikalik milliarderning shaharga kirib kelishini keskin tanqid qilmoqda. Ularning fikricha, to‘y bahonasida shaharda “VIP-bosqin” yuz bergan.

    Boshqa yangiliklar