AsosiyJAMIYAT

Navoiyning ayrim hududlarida ham davlat bog‘chalari vaqtincha yopiladi

Maʼlumotga koʻra, ushbu davlat bogʻchalari faoliyati 20 iyul kunidan qayta tiklanadi.

'Navoiyning ayrim hududlarida ham davlat bog‘chalari vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Navoiy viloyatining qator tumanlarida 14–17 iyul kunlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, hokimlarning tegishli farmoyishlariga asosan Uchquduq va Nurota tumanlarida, shuningdek, Tomdi va Konimex tumanlaridagi ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati to‘rt kunga to‘xtatiladi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror havo harorati +44...+45 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinayotgani munosabati bilan qabul qilingan. Uning asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishdan iborat.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu davlat bog‘chalari faoliyati 20 iyul kunidan qayta tiklanadi.

Shu bilan birga, Navoiy viloyatining boshqa tumanlarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiena talablariga muvofiqligi va zarur shart-sharoitlar mavjudligi yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda. Tekshiruvlar yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha axborot berilishi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida ham kuchli jazirama munosabati bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

    Boshqa yangiliklar