AsosiyJAMIYAT

Toshkent metrosida poyezdlar 14 daqiqagacha kechikishi mumkin

15 iyuldan boshlab temir yo‘l relslari harorati ruxsat etilgan 55 darajadan oshib ketishi ehtimoli inobatga olinib, har kuni soat 18:00 gacha poezdlar tezligi 60 km/soatdan 40 km/soatga tushiriladi.

'Toshkent metrosida poyezdlar 14 daqiqagacha kechikishi mumkin'ning rasmi

O'zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sababli Toshkent metropolitenining erusti yo'nalishlarida poyezdlar harakat tezligi vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, 15 iyuldan boshlab temir yo'l relslari harorati ruxsat etilgan 55 darajadan oshib ketishi ehtimoli inobatga olinib, har kuni soat 18:00 gacha poyezdlar tezligi 60 km/soatdan 40 km/soatga tushiriladi.

Shu bois erusti yo'nalishlarida poyezdlar harakat intervali ham qisman o'zgaradi va poyezdlarning kelish vaqti 14 daqiqagacha uzayishi mumkin.

Metropoliten ma'lumotiga ko'ra, mazkur cheklovlar faqat erusti metro yo'nalishlariga taalluqli. Er osti yo'nalishlarida esa poyezdlar odatdagidek harakatlanishda davom etadi.

    Boshqa yangiliklar